Memorandum
HUMO va Multicard hamkorligi.
HUMO milliy to‘lov tizimi va Multicard to‘lov tashkiloti strategik hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Uning maqsadi — O‘zbekiston moliya bozorida raqamli yechimlarni birgalikda ishlab chiqish va joriy etish.
Hujjatni HUMO boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Maksadjon Muxitdinov va Multicard bosh direktori Avaz Mutalov imzoladi. Kelishuv milliy to‘lov bozorining ikki ishtirokchisi o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikka asos yaratadi.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari
Tomonlar quyidagi tashabbuslarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda:
- fintexdagi innovatsiyalar — moliyaviy texnologiyalar sohasida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish;
- raqamli transformatsiya — biznes jarayonlari, ma’lumotlar tahlili va IT infratuzilmasini takomillashtirish;
- marketing yo‘nalishida targ‘ibot — keng qamrovli marketing va axborot kampaniyalari.
HUMO mahsulotlarida Rahmat
Memorandum Rahmat to‘lov ekotizimini HUMO mahsulot liniyasiga to‘liq integratsiya qilishni ko‘zda tutadi. Bunga onlayn va oflayn to‘lovlarni qabul qilish uchun Rahmat yagona QR-kodi hamda turli o‘lchamdagi savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun Rahmat POS-yechimlari kiradi.
HUMO va Rahmat o‘rtasidagi memorandum butun mamlakat bo‘ylab fuqarolar va biznes uchun raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini, ularning xavfsizligi va sifatini oshirishga qaratilgan.
